Sanoq

Omborlar uchun avtonom dron

Inventarizatsiya — bir kechada, narvonsiz

Sanoq — o‘zi quvvatlanadigan dron. Tunda javonlar bo‘ylab uchadi, har bir shtrix-kod va QR-kodni o‘qiydi va natijani 1C bilan solishtiradi. Ertalab — to‘liq sanoq va farqlar ro‘yxati.

1 kecha
2–5 kun o‘rniga
1C
to‘liq sanoq va farqlar
2,5 kg
himoya to‘rida, javonlar yonida xavfsiz

Muammo

Inventarizatsiya omborni kunlab yopib qo‘yadi

2–5 kunArtel’ning Rohatdagi omborida bo‘limlar shuncha vaqt yopiq turadi: odamlar qo‘lda sanaydi va 1C bilan tekshiradi.
  • 8–12 mbaland javonlarga narvon va richtrakda chiqiladi
  • 1–5%tovar qo‘lda sanashda baribir o‘tkazib yuboriladi (bizning baho)
  • QonunBHMS 19 inventarizatsiyani har yili, chorakda va topshirishda talab qiladi

Yechim

Sanoq qanday sanaydi

Tanlash

Menejer ilovada qaysi qatorlarni sanashni belgilaydi.

Uchish

Tunda dron javonlar bo‘ylab o‘zi uchadi. Tungi smena ham, narvon ham kerak emas.

Skanerlash

Ikkala skaner kamerasi bir tomonga qaragan: dron qator bo‘ylab uchib, bitta javonning har bir shtrix-kodi va QR-kodini o‘qiydi, oxirida burilib, qaytishda ikkinchi javonni skanerlaydi.

Solishtirish

Natija 1C’dagi qoldiqlar bilan solishtiriladi. Yetishmagan, ortiqcha yoki joyi almashgan yuk darhol belgilanadi.

Ertalabgacha ikki ro‘yxat

  1. To‘liq sanoqHar bir joy va undagi yuk, rasm bilan.
  2. FarqlarYetishmagan, ortiqcha yoki joyi almashgan. Odamlar faqat shu joylarni tekshiradi.

Avtomatik quvvatlash stansiyasi

Batareya tugasa, dron stansiyaga qo‘nadi, quvvat oladi va ishni o‘zi davom ettiradi. Omborda hech narsani o‘zgartirish shart emas.

Dron

Ochiq qismlardan, O‘zbekistonda yig‘ilgan

2,5 kg
to‘liq himoya to‘ri bilan
~12 daq
bir batareyada, keyin o‘zi quvvat oladi
2 × 12 MP
skaner kameralari, ikkalasi bir tomonda; yana chuqurlik kamerasi
1 yoki to‘da
katta omborda to‘da qatorlarni bo‘lib oladi

Pixhawk 6C parvoz kontrolleri · yorliqlarni o‘qish uchun Jetson Orin Nano · chuqurlik kamerasi

Raqobat

Chetda isbotlangan, bizda yo‘q edi

KimTunda, odamsiz1C bilan ishlaydiMarkaziy Osiyoda
Qo‘lda sanashYo‘qQo‘ldaHa
Mobil ilovalar (masalan, Kleverens)Yo‘qHaHa
Corvus Robotics (AQSh)HaYo‘qYo‘q
Gather AI · Verity · DexoryHaYo‘qYo‘q
SanoqHaHaHa

Xorijiy kompaniyalar Markaziy Osiyoda sotmaydi va 1C bilan ishlamaydi.

Narx

Ijaraga oling, sotib oling yoki ma’lumotga obuna bo‘ling

Ijara

$1 000+ / oy

Dronlarimiz har oy keladi yoki buyurtma bo‘yicha — har bir joy uchun $0,12.

Sotib olish

~$6 000 / dron

Dron sizniki; quvvatlash stansiyasini biz o‘rnatamiz va xizmat ko‘rsatamiz.

Dastur

~$300 / oy

1C bilan bog‘langan: to‘liq sanoqlar, farqlar va rasmlar. Oylik yoki yillik.

Yiliga qancha turadi?

Necha marta sanaysiz
Buyurtma bo‘yicha
Ijaraoyiga $1 000 dan, sanoq har oy

Narxlar — bizning baho, ularni pilotlarda aniqlashtiramiz.

Birinchi sinov maydoni

Artel’ning Rohatdagi ombori

U yerda sanoq 2–5 kun davom etadi. Ombor birinchi sinovlarimizni o‘tkazishga rozi bo‘ldi: tungi sanoqni videoga olamiz va o‘lchaymiz.

To‘rt oyda — pilotgacha

  1. Noyabrv1 dron va quvvatlash stansiyasini yig‘amiz
  2. Dekabrto‘r ichidagi maket javonda sinov
  3. Yanvarbutun javonni o‘zi skanerlaydi
  4. FevralRohat omborida pilot

Kimlar uchun

  • Marketpleyslar
  • Chakana tarmoqlar
  • Distribyutorlar
  • Dorixona tarmoqlari
  • 3PL omborlar

Omboringizni bir kechada sanaymiz

Qatorlarni ko‘rsating — qolganini Sanoq o‘zi qiladi. Pilot, ijara yoki hamkorlik bo‘yicha yozing.

Jamoa

E’zoza Yo‘ldosheva — asoschi va CEO. 3 yil apparat muhandisligi, 1,5 yil apparat uchun C va C#, 2 yil ta’limda; maktab o‘quvchilariga dron yig‘ishni o‘rgatgan (Technocamp).

Erkin muhandislar jamoada; apparat bo‘yicha rahbar izlayapmiz.